MEDIA AXBOROT SAVODXONLIGI

Kurs haqida: Media va axborot savodxonligi bugungi kunga kelib har bir fuqaroga kerak bo’lgan eng muhim ko’nikmalardan biriga aylandi. Axborot qabul qiluvchilar (ota-onalar, yoshlar, talabalar va barcha omma) soxta yangiliklar, propaganda, mish-mishlar, shov-shuvlar, satira va turli xil reklama xabarlarining doimiy hujumi ta’sirida bo’lgan xozirgi vaziyatda, aniq dalillarga asoslangan ishonchli axborotni uydurmadan ajratish borgan sari murakkablashib bormoqda. Ushbu 6 haftalik ochiq onlayn kursda o’quvchilarda ishonchli axborot manbaalarini aniqlash, tahlil qilish va tanlash ko’nikmalarini rivojlantirish,zamonaviy mediata’limning mazmuni va mohiyati, asosiy jihatlari, media va an’anaviymatnlarni о‘qish, media matnlarni yaratish hamda kommunikatsiya texnologiyalariyordamida ularni uzatish metodlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, global axborot maydoniorqali uzatilayotgan axborotlarni tushunish, tahlil etish, tandiqiy nuqtai nazardan baholash,milliy axborot xavfsizligini ta’minlash kabi qator dolzarb masalalar о‘z ifodasini topgan. Kurs davomida quyidagi modullar bilan tanishib chiqasiz:

1-modul. Media va axborot savodxonligiga kirish.

2-modul. Media va axborot savodxonligining jamiyatdagi oʻrni.

3-modul. Media va axborot tili.

4-modul. An`anaviy mediadan zamonaviy media sari.

5-modul. Media matnlarni loyihalash va yaratish.

6-modul. Virtual olam va yoshlar

Auditoriyasi (kimlar uchun): Mazkur kurs oliy ta’lim muassalari professor-о‘qituvchilari vatalabalari, umumta’lim maktablari о‘qituvchilari va yuqori sinf о‘quvchilari hamda bugungiaxborot kommunikatsiyalari keng rivojlangan jamiyatda о‘z о‘rnini topish vakommunikatsiya muhiti orqali tarqalayotgan axborotlarning ishonchliligini tahlil qila olishnixohlagan har bir shaxs uchun mо‘ljallangan. Umid qilamizki, mazkur kurs mustaqilfikrlaydigan shaxslarni tarbiyalashda ishonchli yordamchiga aylanadi.


  1. Boshlanish vaqti

    3-Aprel,2018 y
  2. Tugash vaqti

    9-iyun,2018 y
  3. Dars vaqti

    Haftasiga 8 soat
  4. Narxi

    Tekin
  5. Fanlar

    Fizika, Matematika
  6. Daraja

    Boshlang'ich
  7. Kurs tili

    O'zbek

Ushbu darsni do'stingiz bilan o'rtoqlashing

Kurs yaratuvchilari

Fayziyeva Mahbuba Koordinator

Kurs mazmuni koordinatori:
Fayziyeva Mahbuba Raximjanovna,
Toshkent davlat pedagogika universiteti

Zaynutdinova Mahliyo О‘qituvchi

Kurs yaratuvchisi (1-2 modullar):
Zaynutdinova Mahliyo Bobomurodovna,
NDPI xuzuridagi kompyuter va axborot texnologiyalari litseyi

Xamidova Gulnoza О‘qituvchi

Kurs yaratuvchisi (3-4 modullar):
Xamidova Gulnoza Akramjon qizi,
Farg'ona davlat universiteti akademik litseyi.

Vaxabova Nargiz О‘qituvchi

Kurs yaratuvchisi (5-6 modullar):
Vaxabova Nargiz Tuychiyevna,
Davlat soliq qо‘mitasi Toshkent soliq kolleji